Bolaning begonasi bo'lmaydi
Yangiliklar

Bolaning begonasi bo'lmaydi

Malika3-iyun, 20191,238 ko'rish

“SOS” bolalar shaharchasiga tashrif

Bolalik – hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg'ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to'la lahzalardir. Bolajonlarning bahor tongi misol beg'ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo'g'rilgan bo'ladi. Shu sabab 1 –  iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan TDYU ARM xodimlari ma’naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanidagi “SOS” bolalar shaharchasi bolajonlariga o'zining ziyo nurlaridan ulashdi. Xalqimiz bolani begona ham sanamaydi. Ularning shirin so'zlari, go'zal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz.